Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar haydovchi va ularning yo‘lovchilari o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 21 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda Chilonzor tumani, KHAY ko‘chasida davlat raqam belgisi 01 K 122 VC bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi - 2002 yilda tug‘ilgan A.A. (yo‘lovchilari: 2001 yilda tug‘ilgan R.U. va 1988 yilda tug‘ilgan S.J.) hamda davlat raqam belgisi 50 Ye 942 FB bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi - 2000 yilda tug‘ilgan A.A. (yo‘lovchilari: 1999 yilda tug‘ilganlar Sh.A., S.N. va B.S.) lar yo‘l talashishgan. So‘ng yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzishgan. Hodisa natijasida tan jarohati bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar aniqlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya eting!