18 Iyul 2025 Yil 574

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol bolalar maydonchasida voyaga yetmagan bolani urganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 28 aprel kuni taxminan soat 16.00 larda Olmazor tumani, Shifokorlar mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar oldida 1989 yilda tug‘ilgan M.A bolalar maydonchasida uning farzandi bilan tortishib qolgan voyaga yetmagan K.M ni urganligi aniqlangan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 52-moddasi (“Yengil tan jarohati yetkazish”) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, sud tomonidan jarima jazosi tayinlangan.

Barcha yangiliklar

Text to speech