Uchtepa tuman Madaniyat saroyida tuman hokimi B.Mamadjanov, tuman prokurori S.Muxtorov, tuman IIO FMB boshligʻi A.Baxramov, tuman Soliq boʻlimi boshligʻi G.Dusmuxamedovlar ishtirokida oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar, ta’lim, huquqiy madaniyat, bandlik, tadbirkorlik va yoshlar siyosatiga oid muhim mavzular muhokama qilindi.
Rahbarlar tomonidan yoshlarning savollariga atroflicha javoblar berilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va kelgusida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi.