Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahri tumanlarida ichki ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar va hududlarda amalga tatbiq etilayotgan xavfsizlik choralarini tizimli ravishda oʻrganish davom etmoqda.
Tadbir davomida Olmazor tumanida joylashgan Islom sivilizatsiya markazida amalga oshirilayotgan ishlar, markaz hamda uning atrofida joylashgan turizm namoyishi obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash masalalari bilan tanishildi. Mazkur majmua va turizm koʻchalaridagi savdo-koʻngilochar maskanlarda xizmatni tashkil etish, fuqarolar xavfsizligini qay darajada taʼminlanganligi hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi.
Majmualarga xavfsizlikni taʼminlashga jalb qilingan xodimlarning axborotlari tinglandi, xodimlarning huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha tezkor shaylik holati nazorat tariqasida tekshirildi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda xizmatni tashkillashtirish borasida tegishli koʻrsatmalar berildi.
Ishchi guruh tomonidan Olmazor tumani “Ziyo” mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi 4-sonli Ichki ishlar boshqarmasi faoliyati oʻrganildi, jarayonda, mahallalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari namoyish etildi.
Olib borilgan ijobiy ishlar natijasida mazkur maʼmuriy hududda jinoyatlar soni qariyb bir necha bor kamaygani, ishchi guruh tomonidan alohida eʼtirof etildi. Koʻngilli yoshlardan tashkil topgan “Qalqon” guruhlarini faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Olmazor tumani tajribasini yaratish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Aholini kuz-qish mavsumida energiya bilan toʻliq taʼminlash, avariyaviy va boshqa noxush holatlarni zudlikda bartaraf etish choralarini taʼminlanganligini nazorat qilish maqsadida Olmazor “Sogʻbon” podstansiyasi faoliyati oʻrganildi.
Tadbir jarayonida, Shayxontohur tumani Qoʻriqlash boshqarmasi va Milliy gvardiya qoʻmondonligi faoliyati, shaxsiy tarkibning tezkor-jangovar shayligi hamda texnik taʼminoti darajasi oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hozirgi kungacha “qizil” toifada qolayotgan “Gulbozor” mahallasiga borilib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda uylar, shaxsiy xonadonlar va jamoat joylarida videokuzatuv qamrovini oshirish, kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, profilaktika inspektorlari tomonidan aholi muammolarni oʻrganish hamda bartaraf etish boʻyicha “mahalla yettiligi” bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga eʼtibor qaratildi.
Tadbir jarayonida, aniqlangan barcha kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ishchi guruh aʼzolarining oʻrganish ishlari poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.