Profilaktika kuni munosabati bilan o‘quv seminari tashkil etildi
Profilaktika kuni munosabati hamda Administratsiya rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvar kuni Uchtepa tumani madaniyat saroyida 05.01.2025-yildagi PQ–1 sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla yettiligi a’zolari, korxona va tashkilot rahbarlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.
Mazkur seminarni Uchtepa tumani hokimi B. Mamadjanov, tuman prokurori S. Muxtorov hamda tuman IIO FMB boshlig‘i A. Baxramovlar ochib berishdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori, podpolkovnik Maxsadov Maxsatullo Ismatovich, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dots.nti, podpolkovnik Irgashev Dilmurod Ikromovichlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.