Mirzo Ulug‘bek tumanida otaliqqa olingan hamda ishsiz yoshlarni muammolarini o‘rganish, ular bilan muntazam aloqada bo‘lib borish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvlari” tashkil etib kelinmoqda.
Maʼlumot o‘rnida Mirzo Ulug‘bek tumanida 246 nafar otaliqqa olingan yoshlar mavjud bo‘lib, ularning har biri bilan alohida suhbatlar o‘tkazilmoqda. Jarayonlarda tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman IIO FMB, tuman FVB, Milliy gvardiya va boshqa bir qator tashkilot rahbarlari bevosita yoshlar murojaatini tinglamoqda.
Uchrashuvlardan asosiy maqsad ularning muammolarini o‘rganish, takliflarini eshitish, ishga joylashish istagida bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish orqali ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iborat.