4 Mart 2026 Yil 213

Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar uchun maʼnaviy-madaniy tadbir o‘tkazildi

Kuni kecha Olmazor tumani IIO FMB tomonidan profilaktik hisobda turuvchi hamda Probatsiya bo‘limi ro‘yxatida turuvchi yoshlarni tarixiy qadriyatlarimiz anʼanalariga sodiqlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘tmish ajdodlarimiz jasorati, mardligi, qahramonligi bilan tanishtirish qatorida madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida “G‘alaba”bog‘iga tashrifi uyushtirildi.

Yoshlar bog‘ hududida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlari, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Urushning dahshatli qiyofasi, harbiy texnikalar maydonchalari, front orti hududi, motam va anduh, G‘alaba, shodu xurramlik va shukronalik hududlari qatorida “Ko‘z yoshi” majmuasida joylashgan maʼlumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ayniqsa “Urush davri maktublari” burchagidan joy olgan maktublardagi sog‘inch va ayriliq xabarnomalari ularni taʼsirlantirdi. Shular qatorida bog‘ning milliy uslubda bezatilishin, mavzular bo‘yicha maʼlumotlar olish uchun o‘rnatilgan elektron jihozlar, dam olish joylari, kutubxona, sahna maydonlari yoshlarda katta taʼsurot qoldirdi.

Bu kabi ezgulik va xayrli tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishi bilan ahamiyatlidir.

Barcha yangiliklar

Text to speech