6 Avgust 2025 Yil 476

Probatsiya hisobida turuvchilar bilan uchrashuv

Davlatimiz rahbarining joriy yil boshida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish orqali hududlarda tinchlik, osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbir natijalaridan ham anglash mumkin. Kuni kecha Bektemir tumani IIO FMB rahbariyati tomonidan ”Rohat” mahallasida oylik doirasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarga moyil hamda probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan profilaktik-uchrashuv o‘tkazildi. Unda mahalla faollari, mas’ullar ishtirok etib, jinoyat va huquqbuzarliklarning sog‘lom oila, sog‘lom turmush tarziga, farzandlar tarbiyasi, insonning jamiyatdagi obro‘si va o‘rniga salbiy ta’siri haqida fikr-munozara yuritdilar. Shu bilan birga mahkumlarning muammolari hamda savollari o‘rganilib, huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi. Xususan, pasport almashtirish, ish joyini o‘zgartirish, shartli ozodlikka chiqish kabilar bilan bog‘liq murojaatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi. Oylik doirasidagi bu kabi huquqiy, profilaktik-tushuntirish borasidagi ishlar poytaxtning barcha tumanlarida amalga oshirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech