Ichkilikbozlik insonni ma’naviy va aqliy jihatdan tanazzulga olib boruvchi og‘ir illat hisoblanadi. U ko‘plab jinoyat va huquqbuzarliklarga sabab bo‘ladi.
Toshkent shahrida xavfsiz muhit yaratish doirasida ichkilikbozlikka qarshi manzilli ishlar olib borilmoqda. “Dilobod” mahallasida Chilonzor tumani IIO rahbariyati ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazilib, ichkilikka ruju qo‘ygan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi, ularning bandligini ta’minlash va tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qiluvchilarni aniqlash, hisobga olish, davolash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayrim fuqarolarning bandligini ta’minlash va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlari nazoratga olindi.