Mirobod tumani IIO FMBga, Chilonzor tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan R.B. murojaat qilib, o‘z murojaatida joriy yilning yanvar oyida Mirobod tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan H.T. oshxona mebelini yasab berishni va'da qilib, oldindan zarur jihozlar olishi kerakligiga ishontirib, uning 5.585.000 so‘m pulini olgan. Biroq va'dasini bajarmay, R.B.dan olgan pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Mebel yoki boshqa uy jihozlari tayyorlovchilarni tanlashda adashmang. Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzing yoki oldindan zarur yo‘l-yo‘riqlarni o‘rgansangiz chuv tushib qolishning oldini olgan bo‘lasiz.