29 May 2025 Yil 627

G‘olib jamoalarni zafar bilan qutlaymiz

Ma’lumki, Prezidentimizning “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni aholi orasida sportni keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan. Mana shu Farmon ijrosini ta’minlash miaqsadida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, ular salomatligini yaxshilash, shuningdek ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yilning 26-28 may kunlari Bosh boshqarma tizimlarda xizmat olib borayotgan ayol-xodimalar o‘rtasida “Voleybol” sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda Bosh boshqarma tarkibiy va hududiy tuzilmalaridan 14 ta jamoa sportning mazkur turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashishdi.
Musobaqaning 1-bosqich natijalariga ko‘ra IIBB PPXB, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa, Yashnobod tuman IIO FMBlari va “Qo‘riqlash” boshqarmasi jamoalari zafar quchib, yarim finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Yarim final o‘yinlarida jonbozlik, chaqqonlik va uyushqoqlik bilan harakat qilgan IIBB PPXB, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tuman IIO FMBlari, “Qo‘riqlash” boshqarmasi sportchi-xodimalari raqiblaridan ustun kelib final bosqichiga yo‘llanma olishdi.
28-may kuni Respublika IIV “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida o‘tkazilgan final uchrashuvida shohsupaning birinchi pog‘onasini egallash uchun jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz kurash ketdi. Muxlislarning o‘z jamoalarini g‘alabaga bo‘lgan undashlari va qo‘llab-quvvatlashlari, sportchilarning aniq va to‘g‘ri to‘p uzatishlari, dadil va ishonchli harakatlari tufayli 1-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB, 2-o‘rin Toshkent shahar “Qo‘riqlash” boshqarmasi, 3-o‘rin IIBB PPX brigadasi jamoasiga nasib etdi. G‘olib jamoalarga tantanali ravishda qimmatbaho sovg‘alar va tegishli diplomlar taqdim etildi. Xizmat hamda oiladagi vazifalarini sidqidildan bajarish bilan birga sport bilan shug‘ullanishni kanda qilmay yuqori natijalarga erishayotgan g‘olib jamoa – ayol-xodimalarimizni zafar bilan tabriklab ularga salomatlik va oilaviy tinchlik xotirjamlik, sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech