9 Avgust 2025 Yil 526

OIV infeksiyasining oldini olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

330-sonli umumtaʼlim maktabida Toshkent shahar OITS ga qarshi kurashish markazi, tuman hokimligi hamda tuman IIO FMB hamkorligida OIV infeksiyasining profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida markaz mutaxassislari tomonidan umumtaʼlim maktablari direktorlari hamda tibbiyot xodimlariga OIV infeksiyasi, uning yuqish yo‘llari, profilaktikasi va zaruriy ehtiyot choralari haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga taqdimotlar hamda savol-javoblar orqali mavzu bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.

Tadbir yakunida bu borada taʼlim muassasalarida samarali targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech