3 Fevral 2026 Yil 335

Yunusobod tumanida navbatdagi sayyor qabul

Joylarda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish amaliyoti ko‘plab muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilish imkonini bermoqda. Yunusobod tumanida joylashgan “Uvaysiy” mahallasi ahlining muammolarini hal etish maqsadida tuman IIO FMB rahbariyati tomonidan tashkillashtirilgan sayyor qabulga yigirmadan ortiq fuqarolar tashrif buyurishdi. Murojaatlarni o‘rganish chog‘ida olti nafar fuqaroning murojaatlari qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi. Xususan, X.Feruza 2024 yilda tanishiga katta qiymatli mahsulot berganligi, ammo shu kunga qadar mahsulotlar pulining deyarli yarmi qaytarilmaganligi, pulning qolgan qismini undirib berishda yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi. Tergov jarayonida gumonlanuvchi tomonidan yetkazilgan moddiy zarar qoplab berildi.

I.Akmal profilaktika inspektori tomonidan o‘rganilayotgan hujjatlar bo‘yicha ish cho‘zilayotganligidan noroziligini bildirdi. O‘rganish jarayonida qayd etilgan hujjatlarda huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlanib, hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun ma’muriy bayonnoma bilan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilishi ta’miinlandi.

Huquqiy o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlarga yechim topish bo‘yicha soha vakillariga tegishli topshiriqlar berilib, ijro muddatlari nazoratga olindi. Bu kabi har bir fuqaroning murojaatlariga e’tibor, ularning qonuniy yechimini ta’minlash orqali huquqiy fuqarolik jamiyatini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar poytaxtning barcha tumanlarida izchil ravishda olib borilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech