8 May 2025 Yil 702

Yashnobod tumanidagi turar majmuasida zamonaviy qo‘riqlash tizimlari taqdimoti o‘tkazildi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining tashabbusi bilan tumanlarda barpo etilayotgan yangi turar-joy majmualarida xavfsizlikni taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan xonadon va inshootlarni ishonchli qo‘riqlash maqsadida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qo‘riqlash tizimlari bo‘yicha keng maʼlumotlar berib kelinmoqda.

Shunday taqdimotlardan biri Yashnobod tumanida bunyod etilayotgan turar-joy majmualaridan birida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda majmua masʼullariga qo‘riqlash tizimlarining afzalliklari, foydalanishdagi qulayliklari va texnik qo‘riqlash tizimiga ulanish tartibi tushuntirildi. Mazkur tizimlar jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilgan hollarda tezkor fosh etishda muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Mutasaddilar, qo‘riqlovga olinadigan bino va xonadonlar hamda mol-mulklar ishonchli tarzda himoyalanishini qayd etishdi. Bunday tashabbus kelgusida fuqarolarning osoyishta hayot kechirishiga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech