Namunali xodimlar va ularning ota-onalari taqdirlandi
Sergeli tumani IIO FMBda navbatdagi ma’rifat darsi doirasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor vazifalar batafsil tushuntirildi.
Tadbir “Uch avlod uchrashuvi” hamda namunali xodimlarni taqdirlash marosimiga ulanib ketdi. Xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma rahbariyati tomonidan alohida minnatdorchilik bildirildi.
Fidoyi xodimlarning ota-onalariga farzand tarbiyasi uchun tashakkurnomalar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.