17 Fevral 2025 Yil 2112

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB xodimi maʼruza qildi. U o‘z nutqida, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng ko‘lamli o‘zgarishlar boshlanganligini, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri tarixiy adolat va haqiqatni tiklash bo‘lganligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat drama teatrining aktyorlari tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga “Turkiston bolalari” nomli spektakl namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech