8 Mart 2026 Yil 433

Muhtarama onaxonlar! Aziz opa-singillar! Ichki ishlarning fidoyi faxriy xodimalari!

Sizlarni o‘z nomim hamda Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi nomidan bahor bayrami – 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Kelajagimiz tayanchi, Vatan ravnaqi, taraqqiyotini davom ettiruvchi, bilimli, salohiyati kuchli barkamol avlodni – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini tarbiyalashda sizning o‘rningiz beqiyos. Shu bilan birga, mashaqqatli ammo sharafli bo‘lgan ichki ishlar organlari xizmatida biz bilan yelkama-yelka faoliyat olib borishingiz, poytaxtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishdagi xizmatlaringiz yuksak eʼtirofga loyiq. Biz o‘zlarining fidokorona mehnati, xizmat burchlarini sidqidildan bajarib kelayotgan, ilm-fan, davlat, jamoat ishlarida erishgan ulkan yutuqlari, ibratli fazilatlari bilan xalqimiz o‘rtasida obro‘-eʼtibor qozongan ayollarimiz bilan faxrlanamiz. Ushbu yangilanish, uyg‘onish pallasida sizlarga yuksak hurmat va chuqur ehtiromimizni bildiramiz. Hayotimizning ko‘rki va fayzi, oilamiz tinchligi, mehr-muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lmish Siz azizlarga uzoq umr, mustahkam va go‘zal sog‘liq, oilaviy tinchlik-totuvlik, farovonlik tilayman. Ayollik baxti va bahoriy kayfiyat hamisha hamrohingiz bo‘lsin.

Hurmat va ehtirom bilan,

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i

polkovnik Ravshan Sultanxodjayev

Barcha yangiliklar

Text to speech