Mirzo Ulug‘bek tumanida Prezident qarori ijrosi yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumanida bir qator amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Aholi orasida giyohvandlikka qarshi kurash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash va aholi bilan samarali ishlashdagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Vrachlar malakasini oshirish institutida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi B.Gaibnazarov boshchiligida, tuman prokurori O.Mannanov, tuman IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik I.R.Rashidov, DXX masʼullari va tuman soliq inspeksiyasi rahbari U.Hotamov, tumandagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari boshchiligida mahalla yettiligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda, joriy yilning mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi amaliy chora-tadbirlar muhokama etildi va bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar belgilab olindi.