Mirobod tumanida PQ-1 qarori ijrosi muhokama qilindi
2026-yil 17-yanvar kuni Mirobod tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur seminar-yig‘ilishni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov ochib berdi.
Tadbir davomida tumanda:
— mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish,
— huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish,
— yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va salbiy holatlarga qarshi profilaktik choralarni kuchaytirish,
— jamoat xavfsizligini ta’minlashda mahalla va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mas’ul idora va tashkilot rahbarlarining axborotlari tinglanib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda Prezident qarorida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash barcha mutasaddilarning ustuvor vazifasi ekanligi alohida ta’kidlandi.