Tabiiy ofatlar har zamonda ham insonlar boshiga cheksiz musibat, mamlakat iqtisodiyotiga, rivojiga katta zarar yetkazishi bilan xavf solib keladi. Dunyoda sodir bo‘layotgan global iqlim o‘zgarishlari kutilmagan texnogen vaziyatlarni vujudgakeltirmoqdaki, insonlar ularga tayyor turishlari, oldini olish, ehtiyot choralarini ko‘rishlari shart. Joriy yilning 16-yanvarida Respublikamiz Bosh vaziri – mamlakat Fuqaro muhofazasining boshlig‘i “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2024-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2025-yildagi vazifalar to‘g‘risida” chora-tadbirlar rejasini taqdim etgandi. Uning asosida Toshkent shahar hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan shu yilning 13-fevralida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi INHA universitetida “Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda ishchi-xizmatchilar hamda talabalarni evakuatsiya qilish va oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro muhofazasi aʼzolarining harakati va Favqulodda vazifalarda harakat qilish davlat tizimining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘g‘imigakiruvchitashkilotlar bilan hamkorligi” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda Mirzo Ulug‘bek tumaniIIOFMB,FVB, Milliy Gvardiya, Universitet rahbariyati va masʼul xodimlar ishtiroketishdi.
Mashg‘ulotlarda universitet binosida –shartli ravishda– yong‘in chiqqanida o‘qituvchi va masʼullar, ishchi-xizmatchilar, talabalarning evakuatsiyasida birinchi va ikkilamchixatti-harakatlari sinovdan o‘tkazildi hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar nimalardaniboratligi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, xavf-xatarning oldini olish, uning oqibatlarini bartaraf etish choralari haqida uslubiy–ko‘rgazmali tavsiyalar berildi.