17 Fevral 2025 Yil 848

Mashg‘ulotlar onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi

Dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, voqea hodisalar, ilm-fan yangiliklari jadal sur'atlar bilan hayotimizga kirib kelmoqda. Zamon bilan hamnafas yurish, o‘zgarishlarning foydali va samarali tomonlariga e'tibor berish, o‘zlashtirish, hayotga unumli tadbiq etish har bir sohaning jadallashuvi va rivojiga turtki bermoqda. Shu jihatdan yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamiyat, inson haq-huquqlariga tajovuz va tahdidlarning oldini olish ichki ishlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifalaridir. Sodir etilgan jinoyatlarning “issiq izida” ochilishida ekspert-kriminalistlarning bilimi, tajribasi va savodxonligi katta ahamiyatga ega. Mazkur soha vakillarining malakasini muntazam ravishda oshirib borish, ilg‘or texnologiyalarni sohaga tadbiq etish, ular imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida rejali tartibda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Kuni kecha Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti S.Yu.Lankin hamda ekspert R.O.Gulmirzaevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tergovchilari va prokuror-kriminalistlarning malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotning mavzusi “Qotillik va boshqa jinoyatlar, o‘z joniga qasd-suiqasd qilish hodisalari bo‘yicha hodisa joyini ko‘zdan kechirish, dalillarni to‘plash va qayd etish, tintuv va boshqa harakatlarni o‘tkazish usullari” ga bag‘ishlanib, videoselektor-onlayn tarzda tashkillashtirildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi tergovchilari va prokuror- kriminalistlariga jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirishning bosqichlari, jinoyatning sodir etilish jarayonlarini, harakatlarni “sahnalashtirish” (inssenirovka), xodisa joyidagi vaziyatni o‘rganish va ishning daliliy mohiyatini, jinoyat izlari, jinoyat sodir etish qurollari va boshqa ashyoviy dalillarni aniqlash, qayd etish, olish va qadoqlash va boshqa xatti-harakatlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar,tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulot qatnashchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga to‘laqonli javoblar olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech