22 Oktyabr 2025 Yil 447

Mahalla bugun xalqqa eng yaqin, odamlar ishonadigan, tayanadigan chinakam boshqaruv bo‘g‘iniga aylandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 oktyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida mahalla — barcha islohotlarning markaziy va hal qiluvchi bo‘g‘iniga aylangani, biz qurayotgan Yangi O‘zbekistonning poydevori ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, uni aniq natijaga yo‘naltirilgan, zamonga mos tizimga aylantirish yuzasidan muhim vazifa va topshiriqlar belgilandi.

Xalqqa yaqinlashgan boshqaruv

“So‘nggi yillarda mahalla nufuzini oshirish, uning huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha katta islohotlar amalga oshirildi. Mahallada dastlab “uchlik”, “beshlik”, ikki yil avval esa “yettilik” tizimi joriy qilinib, dunyoda o‘xshashi yo‘q boshqaruv instituti yaratildi. Barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib ishlashni o‘rgandi”, — dedi davlatimiz rahbari. Eng muhimi, hozir 55 mingdan ziyod xodim mahallaning o‘zida aholiga 100 ga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatmoqda, muammolarni joyida hal etish uchun har bir mahallaga o‘zining budjeti qilib berildi. Bu nima degani? Bu — mahallaning ijtimoiy maqomi oshdi, shu orqali davlat xalqqa yaqinlashdi, davlat bilan muloqot osonlashdi deganidir. Aholi muammo va ehtiyojlarining 88 foizi “mahalla yettiligi” orqali mahallaning o‘zida hal etilmoqda, odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchi kundankunga mustahkamlanyapti. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, sakkiz yil oldin jamoatchilik asosida faoliyat yuritgan mahalla bugun xalqqa eng yaqin, odamlar ishonadigan, tayanadigan chinakam boshqaruv bo‘g‘iniga aylandi. Endilikda mahalladagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, ya’ni bu borada boshlangan ishlarni yanada jonlantirish bo‘yicha navbatdagi muhim qadamlar tashlanmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech