30 Aprel 2025 Yil 890

E'LON

Joriy yilning 1 may kuni soat 10:00 da Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati binosida (Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi) Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.

▪️ Tergov yo‘nalishi bo‘yicha – polkovnik Abduvosit Abdurazzakovga,
▪️ Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash yo‘nalishida – polkovnik Murodilla Alikariyevga,
▪️ Ichki ishlar organlari sohasiga kirish va xizmatni o‘tash masalalari yuzasidan – polkovnik Aliaxmed Choriyevga,
▪️ Huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishi bo‘yicha – podpolkovnik Ikrom Tillayevga murojaat qilishingiz mumkin.

📍 Manzil: Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati binosi

Barcha yangiliklar

Text to speech