1 Iyul 2025 Yil 1412

Kitob – eng yaxshi do‘st: Bolalar kutubxonasiga ma’rifiy tashrif

Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan yozgi ta’til davrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ma’rifiy tashabbus amalga oshirildi.

Tashrif doirasida boshqarma xodimlari va ularning farzandlari Respublika bolalar kutubxonasiga bordilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan bolalarga kitoblarning ahamiyati, o‘qish madaniyatining inson hayotidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Yosh kitobxonlar uchun viktorinalar, qiziqarli savol-javoblar ham uyushtirildi.

Tadbir davomida farzandlar zamonaviy va klassik adabiyot namunalari bilan tanishib, o‘zlariga manzur kitoblarni tanlab olishdi. Tashrif ishtirokchilari kitob o‘qish inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashni kengaytirishini ta’kidlashdi.

Mazkur tashrif bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga, ularni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qildi. Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan bunday foydali tashabbuslar kelgusida ham davom ettiriladi.

Toshkent shahar Qo'riqlash boshqarmasi Axborot xizmati boshlig'i podpolkovnik K.A. Oraztayeva

Barcha yangiliklar

Text to speech