18 Iyul 2025 Yil 778

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati huzurida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Toshkent shahar IIBBda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Ayubxon Rahmatullayev va IIBB rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilning 6 oyi davomida poytaxt IIBB tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida bir qator ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Hususan, “mahallabay” amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, shahardagi 585 ta mahallalarning 123 tasida birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Yig‘ilish davomida Toshkent shahar IIBB va uning quyi tizimlari xodimlari tomonidan qayd etilgan ko‘rsatkichlardan tashqari yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda, har bir tuman kesimida muhokama qilindi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan omillar aniqlanib, kelgusida ularni takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish so‘nggida kelgusi chorak davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va rejalar belgilab olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech