2 May 2025 Yil 920

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbiri

       Yashnobod tumani 153-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 142-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 15-apreldan 15-maygacha o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi.

       Tadbir davomida yuqori sinf o‘quvchilari bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishining oldini olish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan ochiq muloqot va tushuntirish ishlari olib borildi.

       Mazkur uchrashuvda Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Qayimxo‘jayev, IIO FMB HPB VYMB katta inspektor-psixologi, kapitan M. Raxmatov, inspektor-psixolog D.Ahmedova, “Qadriyat” MFY raisi hamda maktab direktori S.Sultonova ishtirok etdi.

       Tadbirda ishtirokchilar tomonidan yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish va salbiy illatlardan ogohlikni oshirish bo‘yicha muhim fikr-mulohazalar bildirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech