27 May 2025 Yil 520

Hamkasblar, bo‘sh kelmang!

       Yurtimizda aholining keng qatlamlari orasida sportni ommalashtirish, har kimni qiziqishi va iqtidoriga yarasha shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha shaxsan Prezidentimiz tomonidan qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Uning ijrosi davriy ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent shahar IIBBda ham xodimlarning kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish barobarida ularni jismonan chiniqishlari, havaskorlik hamda professional tarzda sport bilan shug‘ullanishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan.
      Xabaringiz bor, ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, shuningdek, poytaxt ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning jismoniy faollikka qaratilgan tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish borasida Toshkent shahar “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashining XXXIV- Spartakiadasidan o‘rin olgan futbol musobaqalariga start berilgan edi. Eslatib o‘tamiz: o‘tgan final musobaqalarida faol qatnashib, g‘oliblik uchun kurashib kelayotgan Toshkent shahar IIBB terma jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi terma jamoasi bilan maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga muyassar bo‘lgan edi. Kecha chorak final bahslarida Bosh boshqarma terma jamoasi O‘zbekiston Respublikasi IIV terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qizg‘in, shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda Toshkent shahar IIBB terma jamoasining yakdillik va uyushqoqlik bilan amalga oshirgan sa’y-harakatlari tufayli jamoamiz g‘alabani qo‘lga kiritib, muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘lib, hamkasblariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Chunki, bu g‘alaba jamoamizni yarim finalda maydonga tushishini kafolatladi. Poytaxt IIBB futbol terma jamoasini navbatdagi g‘alaba bilan qizg‘in va samimiy muborakbod etib, bahslarda hamisha g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech