Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi — to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada quyidagi masalalar bo'yicha tegishli mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi:
🟢 2025-yil I chorak yakunlari bo‘yicha Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar va rahbarlar faoliyati; 🟢 Jinoyatchilikni kamaytirish va korrupsiyaning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar; 🟢 Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunga rioya etilishi; 🟢 Mahalliy byudjet daromadlarining bajarilishi bo‘yicha soliq organlarining faoliyati; 🟢 Yo‘llarda inson xavfsizligini ta'minlash va o‘lim holatlarini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar; 🟢 Ijtimoiy himoyaga oid yangi yondashuvlar ijrosi.
Shuningdek, sessiya davomida deputatlar tomonidan Bektemir va Sergeli tumanlaridagi ayrim aholi punktlari nomlash va qayta nomlash, gender tenglikka erishish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish bo‘yicha Toshkent shahrining kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash masalalari ham ko'rib chiqildi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.