5 Mart 2026 Yil 393

G‘olib dzyudochilar aniqlandi

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori hamda Toshkent shahar “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashining joriy yil kalendar-rejasida belgilangan XXXIV-spartakiadasi Nizomiga muvofiq, poytaxt IIBB, hududiy tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sportning dzyudo turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda dzyudochi sportchilarning tayyorgarlik darajasini baholash va saralash, Bosh boshqarma terma jamoasini shakllantirish, shuningdek, belgilangan vazn toifalari bo‘yicha kuchli sportchilarni aniqlash maqsadida sportchi xodimlar o‘rtasida poytaxt IIBB birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada 17 ta terma jamoalar qatnashib, g‘oliblik uchun maydonga tushishdi. Qizg‘in va murosasizlik, tomoshabinlarning olqish va hayqiriqlari ostida kechgan qiziqarli bellashuvlarda shohsupaning faxrli pog‘onalaridan 1-o‘rinni Toshkent shahar IIBB terma jamoasi, 2-o‘rinni YHXB, 3-o‘rinni Chilonzor tumani IIO FMB terma jamoasi egalladi. G‘oliblarga tegishli diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarimizni erishilgan g‘alaba bilan muborakbod etib, ularning xizmat va sport faoliyatlarida ulkan zafar hamda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech