16 Avgust 2025 Yil 838

E’LON

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini samaradorligini oshirish maqsadida, joriy yilning 19 avgust (seshanba) kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov tomonidan shaxsiy qabul o‘tkaziladi.

Qabulda tergov ishlari, ekspert-kriminalistika faoliyati, huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlari, shuningdek, migratsiya va personallashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqiladi.

Qabul IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosida, soat 11:00dan boshlab o‘tkaziladi.

Manzil: Taras Shevchenko ko‘chasi, 62.

Barcha yangiliklar

Text to speech