13 Fevral 2025 Yil 2128

Ehtiyotkorlik pand bermas

Shayxontohur tumanida joylashgan “Chorsu” buyum bozori hamisha odamlar bilan gavjum. Bozorda turli xil kiyim-kechak, meva-cheva va boshqa mahsulotlar qatori zargarlik buyumlarining ham bozori chaqqon. 2024 yilning dekabr oyida tilla taqinchoqlar sotiladigan do‘konga kirib kelgan avvaldan tanish bo‘lgan, 2000 yilda tug‘ilgan M.F. sotuvchi 1973 yilda tug‘ilgan I.Z.ni zargarlik buyumlarini sotib, 14 kun ichida pulini keltirib berishga ishontirib, narxi 20.000.000 so‘mlik turli tilla buyumlarni olib na buyumlarni va na pullarini qaytaradi. Aldanganligini anglagan sotuvchi Shayxontohur tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qildi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Shu o‘rinda poytaxt aholisi va mehmonlarini bu kabi holatlarni notarial idoralari orqali rasmiylashtirish lozimligi, og‘zaki shartlar, kelishuvlardan ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz. Bu kabi ishlarda sherigingiz xoh tanish, xoh do‘stingiz bo‘lsin ogohlik va hushyorlikni unutmang!

Barcha yangiliklar

Text to speech