Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shox ko‘chasi va Shaxrisabz ko‘chalaridagi bir qator manzillarda taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli 19.07.2025 yil soat 22:00 dan 24.07.2025 yil 00:00ga qadar quyidagi manzillarda yo‘lning maʼlum bir qismi (maʼlum bir tasmasi) vaqtinchalik avtoulovlar harakati uchun cheklanadi. Avtoulovlar harakati yo‘lning boshqa qismida (boshqa tasmasida) davom ettiriladi.
– Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan harakatlanganda Mustaqillik shox ko‘chasi bilan kesishmasida hamda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan harakatlanganda, "Buyuk Ipak yo‘li" ko‘chasi bilan kesishmasida (1-rasm).
– Oqqo‘rg‘on ko‘chasi bilan harakatlanganda Mustaqillik shox ko‘chasi bilan kesishmasida (2-rasm).
– Shaxrisabz ko‘chasining Oloy ko‘chasi bilan kesishmasi (3-rasm)
– Mustaqillik shox ko‘chasining Hamid Olimjon maydoni manzilida (4-rasm).
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! Taʼmirlash ishlari kun-u, tun olib boriladi va tez fursatlarda avtoulovlar harakati tiklanadi.