23 Dekabr 2025 Yil 294

DIQQAT! YO‘L HARAKATI ISHTIROKCHILARIGA MUHIM E’LON

Hurmatli Shahrimiz aholisi va mehmonlari!

Sergeli tumanida 2025-yil 25-dekabr kunidan tun-u kun faoliyat yuritadigan (24/7) gastronomik Turizm ko‘chasida "Yangi Yil" bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:

➖ Sug‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
➖ Jaloyir ko‘chasining Sug‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

Bektemir tumanida 2025-yil 25-dekabrdan boshlab Chirchiqbo‘yi ko‘chasining (xaritada ko‘rsatilgan) ma’lum qismida, “Coca-Cola Garden” bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Shu munosabat bilan, mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘raymiz va harakatni oldindan rejalashtirishni tavsiya etamiz.

Cheklov muddati: 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Barcha yangiliklar

Text to speech