19 Iyul 2025 Yil 1188

DIQQAT, YO‘LOVCHILAR VA HAYDOVCHILAR!

2025 yil 19 iyuldan 18 avgustga qadar Sergeli tumani Obihayot ko‘chasida issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, mazkur ko‘chada avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Shu davr mobaynida ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati quyidagicha o‘zgartiriladi:

▪️ 184-sonli yo‘nalish harakati Sergeli Yarmarka bekatigacha qisqartiriladi;

▪️ 40- va 143-sonli yo‘nalishlar harakati Yangi Sergeli yo‘li → So‘g‘diyona → Jaloyir → Obihayot (yopilmagan qismi) ko‘chalari orqali vaqtincha o‘zgartiriladi.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Harakat rejalaringizni ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda tuzishingizni tavsiya qilamiz.

© Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

Barcha yangiliklar

Text to speech