15 Yanvar 2026 Yil 6373

Chilonzor tumanidagi "Bunyodkor" sport majmuasi avtoturargohi maydonida Profilaktika kuni munosabati bilan shtab yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman prokurori, tuman IIOFMB boshlig‘i, hokimlik mutasaddilari, tumandagi tashkilotlar mas’ullari va MFYlar yettiliklari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi.

Shtab yig‘ilishi kun tartibida Profilaktiki kuni tadbirlari, Prezidentimizning 1-sonli qarori ijrosi, qish mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.

Tuman hokimi va tuman prokurori ayni yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar taqdim qildi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha barcha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech