13 Fevral 2025 Yil 833

Buyuklarga ehtirom

Yurtimiz dunyoga buyuk mutafakkirlar, allomalar, davlat arboblari, sarkardalar yetishtirgan zamindir. Ularning bebaho ijodiy-ilmiy meroslari nafaqat xalqimiz, balki jahon tamadduni, adabiyoti tarixi, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik dunyoqarashimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ularning merosini o‘rganishimiz bizga sharaf. Kuni kecha Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida buyuk mutafakkir va shoir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda shoh, sarkarda va benazir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma'rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Markaz boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Gulchexra Soipova ochib berarkan, tadbir qatnashchilariga Navoiy bobomiz o‘z she'riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni ilgari surganligi, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va jozibasi, latofatini asarlarida namoyon etib millionlab kitobxonlar qalbidan joy olganligini ta'kidladi. Navoiyning qator g‘azallari, devonu dostonlari, hikmatlarida ilgari surilgan g‘oyalarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, shoh Boburning sarkardalik mahorati, davlatni yuritishda adolat, xalqparvarlik tamoyillariga amal qilishi, asarlarida ko‘proq yurt sog‘inchi aks etgan ruboiy hamda tuyuqlariga e'tiborni qaratdi. Tadbirda Toshkent viloyatidagi 4-umumiy ta'lim o‘rta maktab o‘quvchilarining har ikki tarixiy shasxlarning hayoti va ijodini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ijro etilgan she'riy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar markaz tarbiyalanuvchilarida katta tassurot qoldirdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech