2 Fevral 2026 Yil 1427

Belgilangan vazifalar ijrosi bilan ahamiyatli

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishdi tuman hokimi, prokurori, IIO FMB boshlig‘i, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tuman mahallalarida xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishdi. Shuningdek, kuni kecha Prezidentimiz boshchiligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali ta’minlashga qaratilgan namunaviy amaliyotni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan tanqidiy ruhdagi videoselektor yig‘ilishida qayd etib o‘tilgan holatlarga e’tibor qaratildi. Mas’ullar tomonidan har bir mahalladagi kriminogen vaziyat, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlar tinglandi hamda sohadagi mavjud muammolarning yechimini topish borasida rahbarlarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr almashdilar. Xususan, bu yo‘nalishda tizimli yondashuvni kuchaytirish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, mahallada “Xavfsiz hudud” tamoyilini to‘liq joriy etish bo‘yicha qator aniq vazifalar belgilandi. Vakolatli rahbarlardan sohada shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash va har bir murojaatga o‘z vaqtida munosabat bildirish qat’iy talab etildi.Tadbir yakunida mas’ul xodimlarga profilaktik tadbirlar ijrosiga jiddiy va yangicha yondashuv, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlashga doir zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech