20 Oktyabr 2025 Yil 427

Bektemir tumanida sayyor sud bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan “Rohat” mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi majlislar zalida, Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Tadbirda tuman IIO FMB probatsiya nazoratida turuvchi o‘ttizdan ortiq shaxslar, mahalla yoshlari hamda mahalla ahli qatnashdi. Tadbir avvalida tumandagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning holati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish nafaqat ichki ishlar xodimlarining vazifasi, balki mahalla ahlining hushyorligi va ogohligiga, birgalikdagi sa’y-harakatlariga bog‘liqligi ta’kidlandi. Bu borada bir yoqadan bosh chiqarib ishlash, loqaydlik va beparvolikka yo‘l qo‘ymaslik, har bir salbiy holatlar bo‘yicha zudlik bilan profilaktika xodimi va boshqa mas’ullarni xabardor qilish, mahalla osoyishtaligi va tinchligi buzilsa, har bir xonadonning tinchligi buzilishiga urg‘u berildi. So‘ngra probatsiya xodimlarining mahkumning xulq-atvori, qilmishidan pushaymonligi, tuzalish yo‘liga kirganligi, halol mehnatni tanlagani bo‘yicha tayyorlangan taqdimnomasiga ko‘ra sud tomonidan to‘rt nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 73-moddasiga asosan, muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod etildi. Tuzalish yo‘liga o‘tmasdan, belgilangan cheklovlarni buzgan ikki nafarining o‘talmay qolgan jazo muddati Jinoyat kodeksining 46-moddaga asosan og‘irrog‘iga o‘zgartirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech