19 Iyul 2025 Yil 625

Bektemir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Xalqimizning, har bir fuqaroning manfaatlarini himoya qilish, qonuniy kafolatlarini ta’minlash fuqarolik jamiyatini yaratishning poydevoridir. Keyingi yillarda yurtimizda har bir soha va yo‘nalishda fuqarolarning qonuniy talablarini o‘rganish, haq-huquqlarini ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani quvonarli. Ko‘plab yurtdoshlarimiz yechimini izlayotgan muammolar, o‘ylantirayotgan savollari rahbarlarning shaxsiy va sayyor qabullarida tinglanib, qonuniy hal etilmoqda. Navbatdagi sayyor qabul poytaxtimizning Bektemir hamda Yashnobod tumanlari aholisi bilan o‘tkazildi.


Qabul jarayonida turli masalalarda murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 11 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, ko‘rib chiqish qo‘shimcha muddat talab etadigan 19 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, poytaxtimizning Bektemir va Yashnobod tumanlari IIO FMB Probatsiya xizmati hisobida turgan jami 8 nafar fuqarolar Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Qabul yakunida fuqaro N.T.Eshabayeva ichki ishlar organlari xodimlari ish faoliyati bo‘yicha o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Bu kabi qabullar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech