6 Iyun 2025 Yil 421

Aziz hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, hamkasblar, muhtaram faxriylar!

Sizlarni yurtimizda, dunyo xalqlari orasida mehr-muruvvat, xayru saxovat, hamjihatlik va shukronalik kabi fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman.
Mazkur bayram asrlar osha turli xalqlarni birlashtirib kelayotgan maʼnaviy kuch bo‘lib, inson qadrini yuksaltirish, uning shaʼni, qimmatini ulug‘lash tushunchalarini o‘zida aks ettirib, qalbimiz, hayotimizdan muhim o‘rin olgan.
Nafaqat biz balki, dunyo xalqlari uchun qutlug‘ bo‘lgan bu kunlarda Siz azizlarga mustahkam sog‘liq, dasturxoningizga qut-baraka, oilaviy baxt, farovonlik, har bir ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik tilab qolaman.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i
polkovnik Ravshan Sultanxodjayev

Barcha yangiliklar

Text to speech