13 Fevral 2026 Yil 1099

Aholi murojaatlari qonuniy yechimini topmoqda

Davlat rahbarining respublikamiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish, xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ijrosini taʼminlash borasida poytaxt tumanlarida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ijro intizomini tekshirish, amalga oshirilayotgan ishlar natijasi bilan tanishish maqsadida, kuni kecha Sergeli tuman hokimi D.Ismatov, tuman prokurori O‘.Davlanov va IIO FMB boshlig‘i B.Anvarov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari hamkorlikda tuman hududidagi “Bunyodobod” mahallasiga tashrif buyurdilar. O‘rganishlar davomida ushbu mahalla faollari, “yettiligi” hamda profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijro samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. O‘rganishlardan so‘ng mahalla ahlini ijtimoiy, huquqiy yo‘nalishlarda o‘ylantirib kelayotgan, muammoli masalalarini tinglash, ularga qonuniy javob topish, haq-huquqlarini taʼminlash maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabul davomida 18 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 8 ta murojaatlarning yechimiga qabulxonaning o‘zida javob topilib, 4 tasining ijrosi nazoratga olindi. 6 tasi bo‘yicha malakali huquqiy maslahatlar berildi. Bundan tashqari besh nafar yoshning muammosi ham o‘rganilib, joyida ijobiy hal etildi. Taʼkidlamoq joizki, mahalla ahlining murojaatlariga o‘z vaqtida hamda malakali huquqiy munosabat bildirish ko‘plab masalalarning tezkorlik bilan hal etilishiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida adolat qaror topishiga fuqarolarning ishonchini orttirmoqda.
 

Barcha yangiliklar

Text to speech