Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi orasida o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakili dotsent Kamolaxon Yusupova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, mamlakatimizda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash hamda tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.