24 Fevral 2026 Yil 326

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Til nafaqat muomala vositasi – balki har bir xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, uning ajralmas tarixi hamdir. Insonning maʼnaviy, madaniy saviyasi ham uning tilida, go‘zal nutqida namoyondir. Navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” mavzusining tilimiz tarixi va rivojiga bag‘ishlangani bejiz emas. Holbuki, inson ongi, tafakkurini belgilovchi omil tildir. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nargiza To‘xtayevaning poytaxt IIBB majlislar zaliga yig‘ilgan shaxsiy tarkib oldidagi maʼruzasi “Til – maʼnaviy kamolot kaliti” mavzusiga bag‘ishlandi. U o‘z chiqishida ajdodlarimiz tilimizni asrab-avaylagani, rivojlantirgani, uni boyitib kelganligi haqida so‘zlarkan, uni kelgusi avlodlarga yetkazish bizning ham burchimiz ekanligini qayd etdi. Shuningdek, yurtimizda mustaqilligimizning ilk damlaridanoq “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi o‘zligimizni anglash, tilimizni yo‘qotib qo‘ymaslik qatorida xalqimizni ham yo‘qotib qo‘ymaslik uchun tashlangan muhim qadam bo‘lgani taʼkidlandi. Yig‘ilganlar maʼruzani katta qiziqish bilan tingladilar.
Tadbir “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyishi bilan yakunlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech