"2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi
Toshkent shahar prokurori E.Yuldashev tomonidan Prezidentning 03.01.2025 yildagi “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi hamda joylarda kriminogen vaziyatni tahlil qilish faoliyatining tashkil etilishi bo‘yicha Yunusobod tumanida amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganildi.
Xususan, tumanning kriminogen vaziyati og‘ir “Mingchinor” va “Bog‘ibo‘ston” mahallalariga borilib, “xavfsiz ko‘cha” va “xavfsiz yo‘lak”larni tashkil etish, joriy yil 2-choragi uchun tasdiqlangan “yo‘l xarita”sida ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Hududda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan holi hududga aylantirish borasida hamda yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlanganlar, va ishsizlar jinotyatchiligini oldini olish maqsadida ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganib, bartaraf etish yuzasidan “ijtimoiy profilaktikaga” mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mazkur Qaror ijrosi yuzasidan ichki ishlar, milliy gvardiya, mahalla, yoshlar va boshqa mutasaddi idoralar mas’ullarining takliflari eshitilib, qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib, faoliyatni yanada jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.